O‘zbekistonda aholisi eng ko‘p hudud qaysi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda aholisi eng ko‘p bo‘lgan tuman va shaharlar reytingi e’lon qilindi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning 1 aprel holatiga mamlakatning doimiy aholisi soni qariyb 38,4 million kishiga yetgan.

Reytingning birinchi pog‘onasidan Namangan shahri o‘rin olgan. Shahar aholisi soni 731,3 ming kishini tashkil etgan. Ikkinchi o‘rinda Samarqand shahri 607,6 ming aholi bilan qayd etilgan.

Uchinchi o‘rinni Samarqand viloyatining Urgut tumani egallagan. Tumanda 588,6 ming kishi istiqomat qiladi. Shuningdek, Andijon shahri 506 ming, Surxondaryo viloyatining Denov tumani esa 442,7 ming aholi bilan keyingi o‘rinlarni band etgan.

Toshkent shahridan ro‘yxatga uchta tuman – Olmazor (419,6 ming kishi), Yunusobod (395 ming kishi) va Shayxontohur (374,6 ming kishi) kirgan.

Aholisi eng ko‘p bo‘lgan 10 talikdan, shuningdek, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumani (401,5 ming kishi) hamda Andijon viloyatining Asaka tumani (369,6 ming kishi) joy olgan.

Shu tariqa, Namangan shahri nafaqat viloyat markazlari, balki Toshkentdagi yirik tumanlarni ham ortda qoldirib, mamlakatdagi eng gavjum hudud sifatida qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq hududlar kesimida esa doimiy aholi soni bo‘yicha Samarqand viloyati 4 396,8 ming kishilik ko‘rsatkich bilan yetakchi bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing