O‘zbekistonda aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1-7 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi hududida "Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi" o‘tkazilmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Bildirilishicha, bunday haftalikni o‘tkazishdan seysmik xavfsizlikni ta’minlash, aholining zilzilada harakat qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsad qilingan. Haftalik davomida mahallalar, ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda zilzilaga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

FVV fuqarolarni mazkur tadbirlarda faol ishtirok etishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Fanlar akademiyasi axborot xizmati rahbari Gulnoza Sharafova Toshkent shahri hududida 6,5 va undan yuqori balli zilzilalar sodir bo‘lish xavfi borligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing