O‘zbekistonda aholini COVID-19’ga qarshi emlash qachon boshlanishi aytildi
Jamiyat
−
15 fevral 2021
8318O‘zbekistonda ayrim toifa odamlarlar orasida koronavirusga qarshi emlash ishlari joriy yilning mart oyining birinchi yarmida boshlanishi rejalashtirilyapti. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida muhokama qilingan.
Sanitariya-epidemiologiya xizmati xabariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida jami davolash profilaktika muassasalari qoshida 3138 ta emlash xonalari va 820 ta mobil brigadalar tashkil etilgan. Ularda barcha emlash ishlarini jadval va bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Respublika bo‘yicha xavf guruhiga kiruvchi aholini emlash ishlari yakunlanishi va respublikaga vaksina kelishiga binoan qolgan aholi ham emlanadi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan vaksinalar respublikada qo‘llaniladi. Shu maqsadda hamkor tashkilotlar tomonidan joriy yilda COVID-19’ga qarshi vaksinani amaliyotga kiritish uchun O‘zbekiston aholisining 20 foizi miqdorida koronavirusga qarshi emlash uchun vaksinaga buyurtma tayyorlanib, COVAX jamg‘armasiga yuborildi.
Avvalroq, birinchi navbatda koronavirus yuqish xavfi darajasi yuqori bo‘lgan quyidagi shaxslar emlanishi haqida xabar bergan edik:
• 65 yoshdan oshgan qariyalar va keksalar;
• surunkali kasalliklari bor shaxslar;
• tibbiyot xodimlari;
• maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda oliy ta’lim muassasalari xodimlari;
• aholi bilan bevosita muloqotga kirishadigan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari.
LiveBarchasi