O‘zbekistonda aholi jon boshiga YAIM o‘sishi pasaydi

Jamiyat

−

image

O‘zbekistonda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotning (YAIM) o‘sish tezligi sekinlashdi. Bu haqda Davlat Statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsulot 3,6 % ga o‘sgan. 

Ushbu ko‘rsatkich 2021 yilning mos davrida 5,3 % ga o‘sgan edi. Taqqoslash uchun, joriy yilda aholi jon boshiga YAIMning o‘sishi o‘tgan yilning mos dariga nisbatan 1,7 % ga sekinlashgan.

Yillar kesimida aholi jon boshiga YAIMning o‘sish (kamayish) sur’atlari: 

2018 yil yanvar-sentyabr – 3,8 %;

2019 yil yanvar-sentyabr – 3,7 %;

2020 yil yanvar-sentyabr – -1,4 %;

2021 yil yanvar-sentyabr – 5,3 %;

2022 yil yanvar-sentyabr – 3,6 %.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

254

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing