O‘zbekistonda aholi orasida koronavirusga chalinganlar soni yana oshdi

Jamiyat

image

2020 yil 18 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 33 nafarga oshib, jami 5730 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.
 
Ma’lum qilinishicha, yangi kasallanish holatlarining 23 nafari  Karantin markazidagi ( Rossiya, BAA va Qozog‘istondan kelgan) fuqarolar orasida, 6 nafari Qashqadaryo viloyatida (shundan 5 nafari poytaxtdagi “O‘rikzor” savdo majmuasida yuk tashuvchi bo‘lib faoliyat ko‘rsatib, kasalligi tasdiqlangan fuqaro bilan muloqotda bo‘lgan, 1 nafari aholi orasida) aniqlangan. Shuningdek, 2 nafari Toshkent viloyati, 1 nafari Sirdaryo viloyati hududiga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida hamda 1 nafari poytaxtimizda aholi orasida  qayd etilgan.
 
Bugunga qadar O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning 72 foizi shifo topib, ularning soni 4166 nafar bo‘ldi.

Hozirda mamlakatning o‘n hududidagi davolash muassasalarida 1545 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ularning 12 nafari og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

356

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing