O‘zbekistonda bolalarning koronavirusga chalinishi ko‘payganining sababi aytildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda koronavirusga chalinayotganlar soni ortib borishi virusning “britancha” shtammi bilan bog‘liq. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov AOKAda o‘tkazilgan brifingda aytib o‘tdi.

Unga ko‘ra, hozir bir kunda respublika bo‘yicha 15-18 mingta laboratoriya tekshiruvi o‘tkazilayapti. Bu har 100 ming aholi soniga 45-47 ta degani.

“Albatta tekshirishlar sonining ortib borishi barobarida kasallikka chalinganlarni aniqlash darajasining ortib borishi kuzatilishi mumkin.

Bizning asosiy maqasadimiz tekshirishlar sonini ikki-uch barobar oshirib, kasallikka chalinganlarni erta aniqlash, tegishli davolash tadbirlarini tashkil etish, muloqotda bo‘lganlarni tekshirib ko‘rish orqali kasallik o‘chog‘ining hajmini aniqlash va tegishli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish orqali kasallik manbaini jilovlash xisoblanadi. Bugungi kunda aniqlanayotgan bemorlarning aksariyati COVID-19 virusidan kasallangani ayon bo‘lmoqda”, degan Otabekov.

O‘tgan davr mobaynidagi statistik ma’lumotlarga qarasak, umumiy kasallanganlarning 2-5, ba’zan 5-7 foizi bolalarga to‘g‘ri kelgan. Hozirda esa bu ko‘rsatkich 25 foizni tashkil etmoqda.

“Albatta ushbu raqamlarga asoslanib, respublikamizda kasallanganlar, ayniqsa ular orasida bolalarning ko‘pligini inobatga olib, yangi holatlar “Britancha” shtamm bilan bog‘liq deyishimiz mumkin”, degan Otabekov.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

723

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing