O‘zbekistonda 64 ta yirik ob’ektning davlat aktivlari sotiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda  1 ming 575 ta bo‘sh turgan davlat ob’ektidan maqsadli foydalanish bo‘yicha aniq choralar ko‘rildi. Jumladan, ularning 649 tasi tadbirkorlik sub’ektlariga sotilgan. Yaroqsiz holatdagi binolar buzilib, yer maydonlari hokimliklar zaxirasiga olindi. 

Ayrimlari investitsiya dasturiga kiritildi va kam ta’minlangan oilalarga uy-joy sifatida ajratildi. 

Bu haqda  O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Davlat aktivlarini tasarruf etish, sanoat sohasidagi aktivlarni boshqarish va baholashning dolzarb masalalari” mavzuida  tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. 

Agentlik mutasaddilariga ko‘ra, mamlakatda bunga kelib,  18 ming 905 ta davlat mulk ob’ekti samarali foydalanish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlariga ijaraga berilishi natijasida 20 ming 799 nafar aholi bandligi ta’minlandi.

Davlat rahbarining  shu  yilning 29 apreldagi “Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bo‘yicha iqtisodiyotning kimyo, neft-gaz sanoati, bank-moliya, mashinasozlik, qurilish, oziq-ovqat va yog‘-moy sanoatidagi 64 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektining ustav kapitalidagi davlat ulushlarini sotish belgilandi.

Shuningdek,  buzilishi rejalashtirilgan turar va noturar joylarni baholash tizimi shaffofligini ta’minlash, real narxlarni belgilash maqsadida agentlik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi. 

Bundan tashqari aksiyalarni IPO va SPO yo‘li bilan joylashtirishni yanada rivojlantirish maqsadida 2019-2020-yillarda 6 ta aksiyadorlik jamiyatining 350 milliard so‘mdan ortiq aksiyalarini fond birjasiga chiqarish belgilab olindi.


Maqola muallifi

Teglar

Aktivlar sotish

Baholaganlar

17

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar