O‘zbekistonda 5 viloyat aholisi orasida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
27 iyun 2020
222172020 yil 27 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7490 (+63) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 17 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida qayd etilgan. Shuningdek, 26 nafari Surxondaryo viloyatida (shundan 22 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 8 nafari Toshkent shahrida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida) uchragan. Bundan tashqari, 7 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 3 nafari xorijdan kirib kelgan va karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 3 nafari Buxoro viloyatida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), qolgan 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
"Ayni paytda O‘zbekistonda 5038 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (67 foiz) sog‘aygan", deyiladi xabarda.
Hozirda mamlakatda 2433 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 20 nafari og‘ir, 8 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi