O‘zbekistonda 5 ta OTMga hujjatlarni DXM orqali topshiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi 5 ta oliy ta’lim muassassasiga hujjatni soddalashtirilgan tartibda topishirish mumkin qilib belgilandi. Bu haq Davlat xizmatlari agentligi xabar berdi.

Quyidagi OTMlarga DXMning istalgan bo‘limidan hujjat topshirish mumkin:

1. Toshkent davlat yuridik universiteti;
2. Qoraqalpoq davlat universiteti;
3. Guliston davlat universiteti;
4. Farg‘ona davlat universiteti;
5. Samarqand davlat universiteti.

Aytgancha, o‘tgan yili hujjatlarni tajriba tariqasida qabul qilish tartibi Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan sinovdan o‘tkazildi.

Natijada — mamlakatning 7 mingdan ziyod oilalari 1,5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni tejab qolishdi.

Mutaxassislarning o‘rtacha hisobiga ko‘ra, Davlat xizmatlari agentligi tomonidan OTMlarga hujjatlarni topshirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilishi natijasida aynan shuncha mablag‘lar oilalar byudjetida saqlab qolingan.

Bir qator hujjatlar uchun qo‘shimcha harajatlar kamaytirildi — 086-sonli tibbiy ma’lumotnoma, yashash joyidan ma’lumotnoma, fotosuratlar, shuningdek, poytaxtga kelib-ketishga va bu yerda yashash bilan bog‘liq harajatlar qisqartirildi. 

Bugun DXMlar orqali hujjat topshirish uchun faqatgina 2 ta hujjat so‘raladi:

- fuqarolik pasporti (pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma);

- umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan).

Imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon qabul DXM

Baholaganlar

103

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing