O‘zbekistonda 5 kunlik ko‘chki xavfi e’lon qilindi
Jamiyat
−
09 yanvar 2020
5495O‘zbekistonning tog‘li hududlarida ko‘chki xavfi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy saytida xabar berildi.
Qayd etilishicha, bugun, 9 yanvardan 13 yanvar qadar O‘zbekiston Respublikasining tog‘li hududlarida ko‘chki xavfi e’lon qilinadi.
“Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, 1050 qisqa raqamga murojaat etishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, kecha FVV 8 yanvar soat 08:00 dan 9 yanvar 08:00 ga qadar ko‘chki xavfini e’lon qilgan edi.
LiveBarchasi