O‘zbekistonda 5,2 ming gektar yerni 49 yilga ijaraga berish boshlandi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Toshkent va vodiy viloyatlarida 5,2 ming gektar yerni yaxlit holda savdoga qo‘yib, 49 yilga ijaraga berish boshlandi. Bu haqda bugun, 19 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning kichik va o‘rta biznes vakillari bilan sohaning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish va rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvida ma’lum qilindi.

Bildirilishicha, bu yerda tadbirkorlarga o‘zi xohlagan ekinni ekib, bir qismiga saqlash, saralash, qadoqlash quvvatlari qurishiga ham ruxsat berilgan.

Endilikda shu yilning o‘zida yana 30 ming gektar yerlar yangi tizim asosida savdoga chiqariladi.

Shuningdek, yaqinda “Uzagro-star” xolding kompaniyasi tashkil qilingani, 9 ta bank ushbu xolding tarkibida meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 16 ta kompaniya ochgani qayd etildi.

Bu kompaniyalar har bir viloyatda meva-sabzavotni qayta ishlaydigan agrosanoat kompleksini quradi. Bunga dastlabki bosqichda yana 200 milliard so‘m beriladi.

Eslatib o‘tamiz, bu yil kichik va o‘rta biznesga 120 trillion so‘m resurs berilishi, aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun 22 trillion so‘mlik imtiyozli resurs ajratilishi, shundan 2,5 trillion so‘m yoshlarga, yana shunchasi ayollar tadbirkorligi loyihalari uchun yo‘naltirilishi ma’lum qilingandi. Ayol tadbirkorlarga kredit stavkasi boshqalarga nisbatan 2 foiz arzon bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Shavkat Mirziyoev Farg'ona er Qoraqalpog'iston Jizzax

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing