O‘zbekistonda 30 mingga yaqin shaxs karantinga olindi
Jamiyat
−
25 mart 2020
11069Koronavirus pandemiyasi sabab O‘zbekistonda karatinga olinganlarning umumiy soni ma’lum qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga qaraganda, mamlakatda 28 066 kishi karantinga olingan. Ularning 18 961 nafari uy sharoitida tibbiy kuzatuvga olingan bo‘lsa, yana 9105 nafari tibbiyot muassasalarida saqlanmoqda.
Ayni vaqtda Toshkent shahri bo‘yicha karantinda saqlanayotganlar 7391 kishini tashkil etmoqda. Bulardan 4914 nafari uy sharoitida, 2477 nafari esa tibbiyot muassasalarida qolmoqda.
Toshkent viloyatida esa jami 4615 kishi karantinda. Ulardan 2685 nafari uyda, 1930 nafari tibbiyot muassasasida.
Sirdaryoda karantindagilar 911 kishini tashkil qilgan bo‘lib, ulardan 625 nafari uyda, 286 nafari tibbiyot muassasasida.
Jizzaxda karantinga olinganlar 555 nafarga yetdi. Viloyatda vaziyat ancha barqaror. Shu bois karantindagilarning 536 nafari uyda, 19 nafari tibbiy muassasada.
Samarqand viloyatida karantinda saqlanayotganlar soni poytaxt va Toshkent viloyatidan biroz farq qilmoqda. Karantinga olinganlar 4387 nafar. Ulardan 3793 nafari uyda, qolgan 594 nafari tibbiy muassasada.
Navoiyda karantinga olinganlar 855 kishi. Ulardan 525 nafari uyda, 330 nafari tibbiy muassasada.
Buxoro viloyati Navoiydan biroz oldinda bormoqda. Viloyatda 905 kishi karantinda saqlanmoqda. Ularning 557 nafari uyda, 348 nafari tibbiy muassasada.
Farg‘ona viloyatida 1178 kishi karantinga olingan. Ulardan 1024 nafari uyda, qolgan 154 nafari tibbiy muassasada.
Namanganda 841 kishi karantinga olingan. Ulardan 211 nafari uyda, 630 nafari tibbiy muassasada.
Andijonda 823 kishi karantinda qolmoqda. Ularning 156 nafari uyda, qolgan 667 nafari tibbiy muassasada.
Qashqadaryodagi ko‘rsatkich ham biroz yuqori. 1458 kishi karantinga olingan. Ularning 924 nafari uyda, 534 nafari tibbiy muassasada.
Surxondayorda eng past ko‘rsatkich qayd etildi. Viloyatda 470 kishi karantinda qolmoqda. Ulardan 452 nafari uyda, bor-yo‘g‘i 18 kishi nafari tibbiy muassasada.
Xorazm viloyatida 1514 kishi karantinga olingan. Ulardan 944 nafari uyda, 570 nafari tibbiy muassasada.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2163 kishi karantinga olingan. Ulardan 1615 kishi uy sharoitida, qolgan 548 nafari tibbiy muassasada.
LiveBarchasi