O‘zbekistonda 22 ta bog‘cha, 31 ta maktab va 16 ta OTM quriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidentining “2021–2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan 2021 yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy parametrlari va 2022-2023 yillar uchun maqsadli mo‘ljallar tasdiqlandi. 

Shunga ko‘ra, belgilangan yillarda respublikada, jumladan: 

•    22 ta bog‘cha (jami 2 970 o‘ringa ega), 31 ta umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablar (jami 13 934 o‘quv o‘rniga ega), 16 ta OTM (jami 9 300 o‘quv o‘rniga ega) yangi quriladi; 

•    jismoniy tarbiya va sport ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash bo‘yicha jami 55 ta loyiha (shundan 23 tasi yangi qurilish) amalga oshiriladi;

•    11 ta madaniyat va san’at ob’ektlari yangidan qurilib, 7 tasi rekonstruksiya qilinadi;

•    sog‘liqni saqlash ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha jami 131 ta loyiha (shundan 24 tasi yangi qurilish) amalga oshiriladi;

•    ilm-fan va innovatsion ob’ektlarni rivojlantirish bo‘yicha 14 ta loyiha amalga oshiriladi.

Xususan, 2021-2022 yillarda Toshkent shahrida Xalqaro molekulyar allergologiya markazini qurish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, temir yo‘l va metropoliten yo‘lini rivojlantirish choralari ham ko‘riladi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM maktab bog'cha

Baholaganlar

100

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing