O‘zbekistonda 2026 yilning ilk kunida qancha chaqaloq tug‘ildi? 

Bu qiziq

image

2026 yil 1 yanvar soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 1094 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar yuyerdi.

Qayd etilishicha, ularning: 

  • 539 nafari o‘g‘il; 
  • 555  nafari qiz. 

Eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona viloyatida (138 nafar) qayd etilgan. Shuningdek, hududlar kesimida keyingi o‘rinlarni:  

  • Surxondaryo viloyati (135 nafar);
  • Samarqand  viloyati (125  nafar);
  • Qashqadaryo  viloyati (121 nafar);
  • Namangan  viloyati ( 110 nafar) band etdi.  

Eng kam tug‘ilish esa Sirdaryo viloyati (19 nafar) hissasiga to‘g‘ri kelgan. 

Tug‘ilganlar orasida 17 egizak (jami 37 nafar bola) bor, ya’ni 30 nafari ikki homilalik, 3 nafari 3 homilalik, 4 nafari esa 4 homilalik egizakdir.  

Ayni paytda shifokorlar go‘daklarning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda. 

“Yurtimizda davom etayotgan dam olish kunlarida qator tibbiyot muassasalari bilan birga, tug‘uruq komplekslarida ham tibbiyot xodimlari ishlamoqda. Jumladan, bayram kunlari respublika bo‘ylab jami 4913 nafar akusher-ginekolog, neonatolog, doya hamda hamshiralar navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatmoqda”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2021 yilning shu davrida 1086 nafar, 2022 yilda – 1448 nafar, 2023 yilda – 1312 nafar, 2024 yilda – 1043 nafar, 2025 yilda – 1040 nafar chaqaloq dunyoga kelgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

chaqaloq egizak tug'ilish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing