O‘zbekistonda 2023 yil eng ko‘p qo‘yilgan ismlarni bilasizmi?

Bu qiziq

image

O‘zbekistonda 2023 yil o‘g‘il bolalarga eng ko‘p Muhammadali, qizlarga esa Soliha ismi qo‘yilgan. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi. 

Vazirlik ma’lumotlarida keltirilishicha, o‘tgan yilda tug‘ilgan 24 365 nafar o‘g‘il bolaga Muhammadali ismi qo‘yilgan. Ushbu ro‘yxatdan, shuningdek, Mustafo (22 880), Abdulloh (18 116), Muhammad (17 025), Muhammadyusuf (13 774), Muhammadamin (12 450), Nurmuhammad (9017), Muhammadjon (8843), Imronbek (8591) va Muhammadziyo (8135) ismlari ham joy olgan.

Qizlarga esa 2023 yilda eng ko‘p Soliha ismi qo‘yilgan (24 365). Keyingi qatorlardan Yasmina (19 911), Muslima (15 918), Xadicha (10 759), Imona (10 310), Shukrona (9330), Sumayya (9279), Ifora (7586), Sa’diya (6639) va Mubina (6558) ismlari mos ravishda o‘rin olgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2023 yil davomida FHDYO organlari tomonidan mamlakatda 968 140 nafar bolaning tug‘ilishi qayd etilgan. Shundan 501 577 nafari o‘g‘il bola, 466 563 nafari qiz bolalar.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston chaqaloq ism

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing