O‘zbekistonda 2020 yilda yetishtirilgan paxtaning minimal narxi belgilandi

Jamiyat

image

Joriy yilda O‘zbekistonda yetishtirilgan to‘rtinchi tip ikkinchi nav birinchi sinf 1 tonna paxta xomashyosining minimal narxi qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan birga 4 mln 522,5 ming so‘m etib belgilandi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.

Narxni belgilashda jahon bozorida shakllangan narxlar, paxta-to‘qimachilik klasterlari, kooperatsiyalar va fermer xo‘jaliklarining, mas’ul vazirlik va idoralarning takliflarini, shuningdek, paxta xomashyosini qayta ishlash, logistika va boshqa taalluqli xarajatlarni inobatga olingan.

Ushbu minimal narxdan kelib chiqqan holda, paxta xomashyosini yetishtiruvchi va uni qabul qiluvchi sub’ektlar shartnomaviy munosabatlar doirasida boshqa yuqori yoki past navli va sinfli paxta xomashyosining narxlarini o‘zaro manfaatli kelishuv asosida mustaqil ravishda belgilashadi.

Qayd etilishicha, 23 oktyabr holatiga Nyu-York tovar birjasi yanvar-oktyabr oylarida 1 tonna paxta tolasining (Strict Low Middling) o‘rtacha fyuchers kotirovkalari AQSHning (Galveston, Xyuston, (Texas shtati), Memfis (Tennesi shtati), Yangi Orlean (Luiziana shtati)) portlariga yetkazib berish sharti bilan 1375,7 AQSH dollarini tashkil etdi.


Maqola muallifi

Teglar

paxta

Baholaganlar

317

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing