O‘zbekistonda 2 mingdan ziyod noqonuniy qazish ishlari aniqlandi
Jamiyat
−
20 dekabr 2023
8007O‘zbekiston Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (“O‘zbekkosmos”) tomonidan respublika bo‘yicha 2 mingdan ziyod noqonuniy qazishlar aniqlangan bo‘lsa-da, hokimlik va mas’ul idoralar tayyor raqamli ma’lumot asosida amaliy chora ko‘rmadi. Bu haqda bugun, 20 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida IT infratuzilmasini yaxshilash, soha va tarmoqlarni raqamlashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.
Tadbirda vazirlik va tarmoqlarni raqamlashtirish muhokama qilingan. Tarmoq rahbarlariga faqat va faqat raqamlashtirish orqali tannarxni tushirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Bildirilishicha, Buxorodagi “Janubiy Kemachi” konini raqamlashtirish hisobiga, yo‘qotish 3 foizga kamayib, yiliga 28 million kub metr qo‘shimcha gaz olinyapti. Shu munosabat bilan “O‘zbekneftgaz” AJga quduqlarni raqamlashtirishni to‘liq yakunlashga ko‘rsatma berilgan.
Shuningdek, barcha tarmoqlarda ham raqamlashtirish sur’ati bir xil emasligi qayd etilgan. Masalan, “O‘zbekkosmos” respublika bo‘yicha 2 mingdan ziyod noqonuniy qazishlarni aniqlagan bo‘lsada, hokimlik va mas’ul idoralar tayyor raqamli ma’lumot asosida amaliy chora ko‘rmagan.
Bundan tashqari, alkogol ishlab chiqaruvchi 59 ta korxonaning 42 tasida mahsulot hajmini onlayn o‘lchash tizimi ishlamayotgani, oqibatda aksiz solig‘i yig‘iluvchanligi talab darajasida bo‘lmayotgani ta’kidlangan.
Shu kabi, issiq suvni qozonxonadan aholi xonadonlariga yetkazib berishda aniq hisob-kitob bo‘lmagani uchun noreal qarzdorlik bilan bog‘liq muammolar mavjudligi qayd etilgan.
LiveBarchasi