O‘zbekistonda 160 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi va kunlik rekord o‘rnatildi

Jamiyat

image

Navoiy, Samarqand va Andijon viloyatida jami 20 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 5 iyun kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

"Navoiy viloyatida 14 nafar, Samarqand viloyatida 4 nafar hamda Andijon viloyatida 2 nafar, jami 20 nafar bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Navoiyda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (12 nafari Zarafshon shahridan, Xatirchi va Nurota tumanlaridan 1 nafardan). Ulardan 10 nafari erkak, 4 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 52 yoshda, yoshi kichigi 2 yoshda. Ushbu viloyatda endilikda sog‘ayganlar soni 110 nafarga yetdi.

Samarqandda tuzalganlarning ham barchasi ushbu viloyatdan (Jomboy, Urgut, Narpay va Pastdarg‘om tumanlaridan 1 nafardan). Ularning 3 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 40 yoshda, yoshi kichigi 24 yoshda. Ushbu viloyatda endilikda sog‘ayganlar 318 nafarga yetdi.

Shuningdek, Andijon viloyatida tuzalganlarning 2 nafari ham erkak bo‘lib (50 yoshli va 32 yoshli) ushbu viloyatdan (Izboskan va Baliqchi tumanlaridan 1 nafardan). Ushbu viloyatda endilikda sog‘ayganlar soni 177 nafarga yetib, 1 nafar bemor davolanmoqda va koronavirusdan xoli hudud bo‘lishga juda yaqin turibdi.

Ma’lumot uchun, bugun kun davomida 160 nafar bemor tuzalib, avvalgi kunlarga nisbatan rekord marra zabt etildi. Endilikda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar 3247 nafarga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

188

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing