O‘zbekistonda 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tiladi (video)
Jamiyat
−
09 Sentabr 2025 22710 1 daqiqa
O‘zbekistonda maktab ta’limini 12 yillik tizimga o‘tkazilishi kutilmoqda. Bu tashabbus kecha, 8 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim tizimini isloh qilish masalalariga oid taqdimot bilan tanishganidan so‘ng davlat rahbari tomonidan ma’qullangan. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning aytishicha, maktabga tayyorlov tizimini umumiy maktab ta’limiga qo‘shish orqali O‘zbekistonda 12 yillik ta’lim tizimi joriy etiladi. Bundan ko‘zlangan maqsad ta’lim sifati va milliy ta’limni xalqaro ta’lim bilan integratsiya qilishdir.
“Xorijiy OTMga o‘qishga kirayotganda bizning o‘quvchilar bir yil "foundation" kurslarida, ya’ni boshlang‘ich tayyorgarlik bo‘yicha o‘qishga majbur bo‘lishyapti. Bu farzanlarimiz bir yilni yo‘qotishiga olib kelyapti. Agar biz 12 yillik ta’limni qonunchilikka kiritadigan bo‘lsak, o‘quvchilarimiz "foundation" o‘qishga majbur bo‘lishmaydi va to‘g‘ridan to‘g‘ri bakalavrga kirish imkoniga ega bo‘ladi”, dedi Rajabov.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025