O‘zbekistonda 100 yoshdan oshgan qancha pensiya va nafaqa oluvchi borligi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 794 nafar 100 yoshdan oshgan pensiya va nafaqa oluvchi bor. Bu haqda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ma’lum qildi.

Joriy yil 1 oktyabr holatiga, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining hududiy tuman (shahar) bo‘limlari hisobida turib, pensiya va nafaqa olayotgan 100 yoshga to‘lgan va 100 yoshdan oshganlar soni 794 nafarni tashkil qiladi.

Shundan, 131 nafari (16,5 foiz) erkak va 663 nafar (83,5 foiz) ayol.

100 yoshga to‘lgan va 100 yoshdan katta yoshdagilar soni Qashqadaryo viloyatida 143 nafar (18 foiz), Surxondaryo viloyatida 120 nafar (15,1 foiz), Samarqand viloyatida 78 nafar (9,8 foiz), Farg‘ona viloyatida 76 nafar (9,6 foiz), Toshkent viloyatida 64 nafar (8,1 foiz), Namangan viloyatida 59 nafar (7,4 foiz), Andijon viloyatida 56 nafar (7,1 foiz), Buxoro viloyatida 37 nafar (4,7 foiz), Xorazm viloyatida 36 nafar (4,5 foiz), Jizzax viloyatida 31 nafar (3,9 foiz), Navoiy viloyatida 27 nafar (3,4 foiz), Toshkent shahrida 25 nafar (3,1 foiz), Qoraqalpog‘iston Respublikasida 23 nafar (2,9 foiz) va Sirdaryo viloyatida 19 nafar (2,4 foiz)ni tashkil qiladi.

Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida 383 nafar pensiya va nafaqa oluvchi 100 yoshga to‘ldi. Ularning 70 nafari (18,3 foiz) erkak va 313 nafari (81,7 foiz) ayollardir.


Maqola muallifi

Teglar

pensiya

Baholaganlar

307

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing