O‘zbekistonda 1 yil ichida qancha oila ajrashdi?
Jamiyat
−
07 fevral
60182024 yilda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 32 217 ta nikoh bekor qilingan. Bu haqda Oliy sud tomonidan e’lon qilingan statistikada keltirilgan.
Qayd etilishicha, nikohdan ajratishga oid ko‘rilgan ishlar tahliliga ko‘ra, ko‘rib tamomlangan ishlarning 32 ming 217 tasi bo‘yicha da’vo talablari qanoatlantirilgan (nikohlar bekor qilingan), 23 ming 569 tasi bo‘yicha da’vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan (nikohlar bekor qilinmagan), 5 832 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan hamda 2 225 ta da’vo bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan.
Umuman o‘tgan yil davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 5,6 trln co‘mdan ziyod majburiy to‘lovlar (voyaga yetmagan bolalar uchun aliment, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan talablar, kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlik to‘lovlari va boshqalar) ni undirish haqida 964 ming 195 ta sud buyrug‘i chiqarildi.
Shuningdek, 533 019 ta fuqarolik ishi ko‘rib chiqilib, ularning 405 252 tasi bo‘yicha talablar qanoatlantirilgan bo‘lsa, 63 ming 940 tasi bo‘yicha talablarni qanoatlantirishdan rad qilingan, 57 ming 349 tasi bo‘yicha da’volar ko‘rmasdan qoldirilgan bo‘lsa, 6 478 tasi bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan.
Ko‘rib tamomlangan fuqarolik ishlaridan 177 ming 711 tasi bitimlar, 63 ming 843 tasi nikohdan ajratish, 21 ming 043 tasi uy-joy munosabatlari, 20 ming 540 tasi alohida toifadagi ishlar, 8 029 tasi o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joy yoki qurilmani buzish hamda 3 405 tasi otalikni belgilash bilan bog‘liq va boshqa toifadagi ishlarni tashkil qiladi.
3 217 ta ishga tiklashga doir ko‘rib tamomlangan ishlarning 1 456 tasi bo‘yicha da’vo talablari qanoatlantirilgan, 1 219 tasi bo‘yicha da’vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan, 459 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan hamda 83 ta da’vo bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan.
Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atlari tomonidan apellyatsiya tartibida 12 ming 116 ta ish ko‘rib chiqilgan. Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 2 283 ta qaror bekor qilinib, 797 ta sud qarori o‘zgartirilgan. Kassatsiya tartibida 5 411 ta ish ko‘rib chiqilgan. Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 974 ta qaror bekor qilinib, 416 ta sud qarori o‘zgartirilgan. Taftish tartibida 4 525 ta ish ko‘rib chiqilgan. Quyi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 422 ta qaror bekor qilinib, 109 ta sud qarori o‘zgartirilgan.
Oliy sudning Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida 227 ta ish ko‘rib chiqilgan. Quyi sudlar tomonidan chiqarilgan 88 ta qaror bekor qilinib, 26 ta sud qarori o‘zgartirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy sud iqtisodiy sudlar statistikasini ochiqlagandi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024 yilda iqtisodiy sudlar tomonidan 390 ta qaror bekor qilinib, 253 tasi o‘zgartirilgan. Birinchi instansiyada 436 102 ta ish ko‘rib chiqilib, hal etilgan va shundan da’vogarlar foydasiga 27,5 trillion so‘m undirish haqida sud qarorlari qabul qilingan.
LiveBarchasi