O‘zbekistonda 1 yanvarda tug‘ilish bo‘yicha 4 yildagi eng past ko‘rsatkich qayd etildi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, 2021 yilning 1 yanvar kuni, soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1086 nafar chaqaloq tug‘ilgan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, yangi yilning birinchi sutkasida 1644 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu oxirgi 4 yildagi eng kam ko‘rsatkich hisoblanadi, deb xabar bermoqda SSV.

2021 yilning 1 yanvar kuni tug‘ilgan chaqaloqlarning 810 nafari qiz, 834 nafari esa o‘g‘il bola bo‘lib:

•    eng ko‘p bola Farg‘ona viloyatida (202 nafar),
•    ikkinchi o‘rinda Qashqadaryo viloyati (196 nafar),
•    uchinchi o‘rinda Samarqand va Namangan viloyatlarida (169 nafardan),
•    to‘rtinchi o‘rinda Jizzax viloyatida (151 nafar chaqaloq) tug‘ildi.

Shuningdek, shu kuni tug‘ilish ko‘rsatkichi bo‘yicha:

5-o‘rinda Toshkent shahri (139 nafar), 
6-o‘rinda Toshkent viloyati (126 nafar), 
7-o‘rinda Surxondaryo viloyati (95 nafar), 
8-o‘rinda Andijon va Buxoro viloyatlari (79 nafardan), 
9-o‘rinda Xorazm viloyati (71 nafar), 
10-o‘rinda Qoraqalpog‘iston Respublikasi (66 nafar), 
11-o‘rinda Sirdaryo va Navoiy viloyatlari (51 nafardan). 

Dunyoga kelgan bolalarning 9 nafarini egizaklar (jami 18 nafar chaqaloq) tashkil qiladi. 

O‘zbekistonda davom etayotgan dam olish kunlari mamlakatdagi mavjud 219 ta tug‘ruq muassasalarida har kuni navbatchilik asosida 4141 nafar tibbiyot xodimlari, jumladan:

•    583 nafar akusher-ginekolog,
•    344 nafar neonatolog, 
•    1172 nafar doya,
•    2042 nafar hamshiralar faoliyat ko‘rsatishmoqda.

Ma’lumot uchun, 2018 yilning xuddi shu kuni 1961 nafar, 2019 yilda — 1708 nafar, 2020 yilda esa —1974 nafar chaqaloq tug‘ilgan.


Maqola muallifi

Teglar

chaqaloq tug'ilish

Baholaganlar

574

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing