O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi va gaz narxi o‘zgaradi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi va gaz uchun tariflar tabaqalashtirilgan tartibda o‘zgaradi. Bu haqda Hukumatning “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan, yoqilg‘i-energetika resurslarining 2024−2025 yillarda bosqichma-bosqich o‘zgaradigan yangi narxlari hamda 2024 yilning 1 mayidan aholi uchun elektr-energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste’molining bazaviy me’yorlari tasdiqlangan.

1 maydan elektr energiyasi narxi iste’molchilarning I va II guruhlari uchun o‘zgarishsiz – 1 kVt/soat uchun mos ravishda 1000 so‘m va 900 so‘mdan qoldirilmoqda.

Iste’molchilarning III guruhi, shu jumladan, markazlashgan holda elektr plitalar bilan jihozlangan ko‘p qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchi maishiy iste’molchilar uchun 1 oydagi iste’moldan kelib chiqib quyidagicha belgilanmoqda:

  • oyiga 200 kVt/soatgacha – 225 so‘m;
  • oyiga 201 kVt/soatdan 1 000 kVt/soatgacha – 450 so‘m;
  • oyiga 1 001 kVt/soatdan 5 000 kVt/soatgacha – 675 so‘m;
  • oyiga 5 001 kVt/soatdan 10 000 kVt/soatgacha – 787,5 so‘m;
  • oyiga 10 000 kVt/soat va undan yuqori – 900 so‘m.

Qolgan maishiy iste’molchilar uchun esa bir oydagi iste’moldan kelib chiqib:

  • oyiga 200 kVt/soatgacha – 450 so‘m;
  • oyiga 201 kVt/soatdan 1 000 kVt/soatgacha – 900 so‘m;
  • oyiga 1 001 kVt/soatdan 5 000 kVt/soatgacha – 1 350 so‘m;
  • oyiga 5 001 kVt/soatdan 10 000 kVt/soatgacha – 1 575 so‘m;
  • oyiga 10 000 kVt/soat va undan yuqori – 1 800 so‘mdan etib belgilanmoqda.

Iste’molchilarning IV guruhi uchun ham narxlar o‘zgarishsiz – 1 kVt/soat uchun 900 so‘mdan qolyapti.

Qarorda tabiiy gaz yetkazib berish narxidagi o‘zgarishlar ham keltirilgan. Barcha iste’molchilar uchun to‘lov miqdori o‘zgarishsiz – bir kubometr uchun 1 500 so‘mdan qolmoqda.

Yirik ulgurji iste’molchilar hamda byudjet tashkilotlari uchun ham tabiiy gaz narxi o‘zgarishsiz – bir kubometr uchun 1 800 so‘mligicha saqlanadi.

Kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga mavsumga qarab narx belgilanmoqda. Noyabrdan fevralgacha, isitish mavsumida aholiga yetkazib beriladigan tabiiy gazning bir kubometr narxi quyidagicha belgilandi:

  • 500 kub metrgacha iste’mol uchun 380 so‘mdan 650 so‘mgacha;
  • 500dan 2500 kub metrgacha 1500 so‘mdan;
  • 2 500dan 5 ming kub metrgacha 1950 so‘mdan;
  • 5 mingdan 10 ming kub metrgacha 2275 so‘mdan;
  • 10 ming kub metrdan yuqori iste’mol uchun 2 600 so‘m.

Mart-oktyabr oylarida gaz iste’moli uchun tariflar quyidagicha beligilandi:

  • 100 kub metrgacha – 650 so‘m;
  • 101 kub metrdan 2500 kub metrgacha – 1500 so‘m;
  • 2500 kub metrdan 5000 kub metrgacha – 1950 so‘m;
  • 5 ming kub metrdan 10 ming kub metrgacha – 2275 so‘m;
  • 10 ming kub metrdan va undan yuqori iste’mol uchun – 2600 so‘mdan bo‘ladi.

Shuningdek, aholi uchun suyultirilgan gaz tarifi 1 kgga 1120 so‘mdan 1600 so‘mga oshadi. 1 iyuldan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga yetkazib beriladigan gaz narxi 1500 so‘mdan 1800 so‘mga oshadi.


Maqola muallifi

Teglar

elektr O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing