O‘zbekistonda 1 km.kv. maydonga necha kishi to‘g‘ri keladi?
O‘zbekiston
−
28 Oktyabr 2022 10531 1 daqiqa
2022 yilning 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonda 1 km.kv. yer maydoniga o‘rtacha 79,8 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,7 kishiga ortgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonda aholi soni 35,8 mln. kishini tashkil qilmoqda. Shundan ayollar soni – 17,8 mln. kishi, erkaklar soni – 18,0 mln. kishi.
Aholining 18,2 mln nafari shaharlarda, 17,6 mln nafari qishloqlarda yashaydi.
Live
BarchasiShavkat Mirziyoyev Ummonga bordi
16 Noyabr
Bangladeshda tikuvchilar ish tashlamoqda
16 Noyabr