O‘zbekistonda 1,6 ming gektar yer yoqib yuborildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilning iyun oyining shu davriga qadar 1 605,4 gektar yer maydoni yoqib yuborilgan. Bu haqda sun’iy yo‘ldoshlar orqali o‘tkazilgan kosmik monitoringga tayanib, Uzcosmos agentligi xabar berdi. 

Joriy yilgi kuzatishlarning dastlabki tahlillariga ko‘ra, mamlakat miqyosida 1 605,4 gektar maydon yoqilishi bilan bog‘liq 213 ta holat aniqlangan. Holatlar viloyatlar kesimida quyidagicha:

  • Surxondaryo viloyatida 180 ta (1 324,8 gektar),
  • Sirdaryo viloyatida 17 ta (135,2 gektar),
  • Toshkent viloyatida 3 ta (58,2 gektar),
  • Andijon viloyatida 3 ta (18,5 ga),
  • Farg‘ona viloyatida 4 ta (20,4 ga),
  • Jizzax viloyatida 2 ta (21,3 ga) 
  • Buxoro viloyatida 4 ta (27,0 gektar).

Mazkur vaziyatlar bo‘yicha tezkor axborotlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ekologiya, atrof – muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda boshqa tegishli idoralarga yuborilgan.

Ma’lumot uchun, boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarni tez va arzon yo‘l bilan yo‘q qilib yuborishga bo‘lgan harakat O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi (Atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik) 3-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarigacha (3 mln 750 ming so‘m) jarimalar qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi. Zarar miqdori katta bo‘lgan taqdirda hattoki jinoiy javobgarlikkacha olib borishi mumkin.

Qayd etish joiz, 1 gektar yer maydonida boshoqli don poyasi yoqilganida, 500 gramm azot oksidi, 379 gramm uglevodorod, 3 kg kul, 20 kg is gazi va uglerod oksidi gazi atmosferaga tarqaladi. Bu toza havoning ifloslanishi bilan birga inson organizmida sil va saraton kasalliklarini keltirib chiqarishi bilan xavflidir.


Maqola muallifi

Teglar

er maydoni yoqib yuborish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing