O‘zbekistonda haj mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda haj mavsumi joriy yilning 4 iyunidan boshlanadi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistondan Saudiya Arabistoniga shu yilning 4 iyunidan 19 iyuniga qadar har kuni 4 ta aviaqatnov amalga oshiriladi.

Bu yil 10 ta hududiy aeroportlardan – Toshkent-Madina, Buxoro-Madina, Namangan-Madina, Farg‘ona-Madina, Samarqand-Madina, Qarshi-Madina, Termiz-Madina Urganch-Madina, Nukus-Madina va Navoiy-Madina yo‘nalishlari bo‘yicha ziyoratchilar haj safariga kuzatiladi.

Bildirilishicha, ziyoratchilarni guruhlarga ajratish, ellikboshilar biriktirish, ularning malakasini oshirish, shifokorlash ajratish, oshpazlarni jalb etish ishlari yakuniga yetkazilgan.

“Haj-2023” mavsumiga tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish maqsadida dastlabki ishchi guruh Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgan va ayni paytda ular tomonidan barcha tashkiliy va amaliy sa’y-harakatlar olib borilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, tajribali ulamolar tomonidan ellikboshilar bilan ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatish yuzasidan safar oldi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tilgan, guruh rahbarlari ziyoratchilar bilan safar oldi o‘quv mashg‘ulotlarini boshlab yuborgan. Qolaversa, ziyoratchilarga haj risolasi ham taqdim etilgan.

“Bundan tashqari, O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoq sahifalarida haj ibodat haqidagi turkum suhbatlar, tavsiyalar, maqolalar, shar’iy savol-javoblar berib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Din ishlari bo'yicha qo'mita haj mavsumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing