O‘zbekistonda harorat keskin ko‘tarilishi kutilmoqda

Bu qiziq

image

Gidrometereologiya xizmati markazi joriy yilning 8 iyunidan 11 iyunigacha kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, joriy haftada ayrim hududlarda havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat 8 iyunda kechasi 20-25, kunduzi 35-40, 9 iyunda kechasi 20-25, kunduzi 34-39, 10 iyunda kechasi 17-22, kunduzi 32-37, 11 iyunda kechasi 15-20, kunduzi 30-35 bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat 8 iyunda kechasi 17-22,  kunduzi 37-42, 9 iyunda kechasi 20-25, kunduzi 37-42, 10-11 iyunda kechasi 20-25, kunduzi 32-37 bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-11 iyunda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat 8-9 iyunda kechasi 17-22, kunduzi 34-39, 10-11 iyunda kechasi 17-22, kunduzi 32-37 bo‘ladi. 

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-11 iyunda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 8-9 iyunda 17-22, 10-11 iyunda 20-25, kunduzi 37-42 bo‘ladi. 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 10-11 iyunda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20, kunduzi 8-10 iyunda 33-38, 11 iyunda 32-37 bo‘ladi. 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, 8-9 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 10-11 iyunda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-11 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15,  kunduzi 8-10 iyunda 22-27, 11 iyunda 19-24 bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing