O‘zbekistonda hafta o‘rtasida havo -15 gacha tushib ketadi

Foydali

image

Gidrometeorologiya xizmati markazi O‘zbekistonda 15 daraja sovuq kutilayotgani haqida xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 21-24 noyabrda O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa hududi markaziy rayonlari (Moskva oblasti) ustida shakllangan sovuq va nam havo oqimi kirib keladi. 

21-24 noyabrda O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. Yomg‘ir, ayrim joylarda qorga aylanadi.

21 noyabrda shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metrga yetadi. 

22-24 noyabrda respublika hududi  bo‘yicha havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, ayrim joylarda 8 daraja sovuqqacha tushadi,  kunduzi harorat 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Mamlakat shimolida 21-24 noyabrda havo harorati kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ob-havo

Baholaganlar

432

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing