O‘zbekiston joriy yilda gaz eksportini 78 foizga kamaytirdi

Jamiyat

−

image

Energiya tashuvchi mahsulotlar jahon narxlarining keskin tushishi va asosiy iste’molchilar tomonidan ularga bo‘lgan talabning pasayishi oqibatida gaz eksporti hajmida 2019 yilning 9 oyiga nisbatan 78 foizga kamayish kuzatildi.

Markaziy bankning ma’lum qilishicha, tovarlar eksporti hajmi 2019 yilning 9 oyiga nisbatan o‘zgarishsiz qolgan.

Oltin va gazning eksportdagi ulushi mos ravishda 54 foizni hamda 3 foizni tashkil qildi.

Shuningdek, 2020 yilning 9 oyida tovarlar eksportining hajmi (oltin eksportini va tuzatishlarni hisobga olmagan holda) 24 foizga kamaydi (2019 yilning 9 oyida o‘sish 17 foizni tashkil qilgan).


Maqola muallifi

Teglar

gaz

Baholaganlar

123

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing