O‘zbekiston “Jinoyatlar indeksi”da 14 pog‘ona pastladi

Olam

−

image

O‘zbekiston xavfsiz davlatlar reytingida bir yilda 14 pog‘ona pastladi. Bu haqda “Numbeo” servisining jahon mamlakatlaridagi 2021 yilgi jinoyatchilik darajasi indeksida ko‘rsatib o‘tilgan.

Reyting Crime Index — Jinoyatlar indeksi, Safety Index — Xavfsizlik indeksi asosida hisoblanadi. Umumiy 100 ball har ikki holat darajasiga qarab taqsimlanadi: Ballar Jinoyatlar indeksida qancha past va aksincha, Xavfsizlik indeksida qancha yuqori bo‘lsa, shuncha yaxshi.

O‘zbekistonning 2021 yildagi ko‘rsatkichlari: Crime Index — 34,70 va Safety Index — 65,30 ball.

O‘zbekiston jinoyatlar indeksida135 davlat ichida 96 o‘rinni egallagan. Xavfsizlik indeksida 40-o‘rinni band qilgan. Qayd etish kerakki, 2020 yil o‘rtalarida mamlakat bu borada 26-o‘rinda edi.

Yangilangan reytingda O‘zbekiston xavfsizlik va jinoyatlar bobida Litva va Kuvaytdan ortda, Vengriya va Germaniyadan oldinda bo‘lib turibdi.

Xavfsizlik bobida O‘zbekiston Osiyoda 19-o‘rinda (2020 yil o‘rtalarida 12-o‘rinda edi). Yoki boshqacha aytganda, jinoyatlar sodir etilishi bo‘yicha qit’ada 43 mamlakat orasida 25-o‘rinda.

Jahon miqyosida jinoyatchilik eng avjiga chiqqan besh mamlakat xuddi o‘tgan yilgidek: Venesuela (84.25), Papua-Yangi Gvineya (80.24), JAR (77.07), Afg‘oniston (76.37), Gonduras (74.78).

Jahonda jinoyatlar eng kam sodir etilayotgan, eng xavfsiz besh mamlakat va hudud: Qatar (12.29), Tayvan (15.24), BAA (15.35), O‘mon (20.26) va Men oroli (20.79). O‘tgan yili 4-o‘ringa ko‘tarilgan Gruziya bu safar 10-o‘rinda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

114

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing