O‘zbekiston JCH-2026 sari katta qadam tashladi
Sport
−
20 mart
11400Bugun, 20 mart kuni Jahon chempionati-2026 turniri Osiyo mintaqasi 3-saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qirg‘iziston termasini qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinning 24-daqiqasida mehmonlar himoyachisi Alijonovni jarima maydonchasi ichida yiqitdi va hakam penalti belgiladi. Shuningdek, hakam himoyachiga qizil kartochka ko‘rsatdi. 25-daqiqada belgilangan penaltini Eldor Shomurodov golga aylantira olmadi. Ammo ketma-ket hujumlar tashkil etgan O‘zbekiston terma jamoasi 40-daqiqada Xojiakbar Alijonovning kiritgan goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Ikkinchi taym boshida Eldor Shomurodov gol kiritgan edi, ammo hakam ofsayd sabab golni bekor qildi.
Shu tariqa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi guruh bosqichida 16 ochko jamg‘arib, 2-o‘rinni mustahkamladi. Navbatdagi o‘yin 25 mart kuni 8-tur doirasida Tehronda Eronga qarshi bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi