O‘zbekiston-Iroq o‘yiniga chiptalar qolmadimi?

Sport

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 18 mart kuni futbol bo‘yicha U-20 Osiyo chempionatining final o‘yini bo‘lib o‘tadi. Finalda mezbon – O‘zbekiston jamoasi Iroqqa qarshi maydonga chiqadi. Bugun, 17 mart kuni “Bunyodkor” stadioni kassalarida va maxsus internet platformasida o‘yin uchun chiptalar sotuvi boshlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda “Bunyodkor” stadioni kassasi oldida bilet uchun katta tirbandlik hosil bo‘lgan. Internet platformasida esa avvaliga chipta borligi, lekin xarid qilishning imkoniyati bo‘lmayotgani ma’lum bo‘lgandi. Hozirga kelib esa platformada bilet qolmagani ko‘rsatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionatining yarim final o‘yinlarida ham biletlar bilan bog‘liq bir qator muammolar yuzaga kelgandi. Qayd etish joiz, O‘zbekiston-Iroq o‘yini ertaga, 18 mart kuni soat 19:00 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

chipta U-20

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing