O‘zbekiston – Janubiy Koreya o‘yiniga chiptalar qolmadi

Sport

image

Bugun, 15 mart kuni O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan U-20 Osiyo kubogining yarim final o‘yinlari boshlanadi. Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston va Janubiy Koreya yoshlari final yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘yin uchun chiqarilgan chiptalar allaqachon sotib bo‘lingan. Onlayn-chipta xaridi uchun mo‘ljallangan platformada ham chiptalar sotib bo‘lingani haqida ma’lum qilingan.

O‘yinga kirish chiptalarining eng qimmat narxi 50 ming so‘mni, eng arzoni esa 10 ming so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – Janubiy Koreya o‘yini soat 19:00 da start oladi. O‘yin g‘olibi finalda Iroq-Yaponiya qarama-qarshiligida zafar quchgan jamoa bilan to‘qnash keladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Janubiy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing