O‘zbekiston Jahon pasportlari indeksida bir pog‘ona pastladi

Jamiyat

image

“Henley & Partners” xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan e’lon qilingan 2022 yilning uchinchi choragi uchun Jahon pasportlari indeksida O‘zbekiston bir pog‘ona pastladi. 

Boshqa davlatlar pozitsiyalaridagi o‘zgarishlar tufayli O‘zbekiston 88-o‘rinni egalladi. Bungacha u reytingda 87-o‘rindan joy olgan edi. Mamlakat fuqarolari dunyoning 59 davlatiga vizasiz sayohat qilishlari mumkin. Hisobot davrida O‘zbekiston Burundi va Mo‘g‘uliston bilan vizasiz sayohat bo‘yicha shartnomalar tuzgan.

Har yili o‘tkaziladigan Jahon pasportlari indeksi dunyo bo‘ylab 200 dan ortiq mamlakat va hududlarning viza qoidalarini tahlil qiladi va ularni vizasiz sayohat qilish mumkin bo‘lgan mamlakatlar soni bo‘yicha tartiblaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari 59 davlatga vizasiz borishlari mumkin.

Yaponiya eng “kuchli” pasportga ega davlatlar reytingida yana birinchi o‘rinni olgan. 2022 yilning uchinchi choragida Yaponiya fuqarolari 193 ta shtat va hududga mahalliy hokimiyat organlarini oldindan ogohlantirmasdan kirishlari mumkin. Ular uchun viza yoki umuman talab qilinmaydi yoki uni kelganda olish mumkin. Ikkinchi o‘rindan Janubiy Koreya va Singapur joy oldi. Mazkur davlatlarning fuqarolari 192 ta davlatga vizasiz kirish imkoniyatiga ega.

Germaniya va Ispaniya reytingda uchinchi, Italiya, Finlyandiya va Lyuksemburg to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Avstriya, Niderlandiya, Shvetsiya va Daniyaga beshinchi o‘rin nasib qildi.

Buyuk Britaniya, Portugaliya, Irlandiya va Fransiya bilan birga yana 6-o‘ringa ko‘tarildi. Qo‘shma Shtatlar Shveysariya, Belgiya, Norvegiya va Yangi Zelandiya bilan birgalikda 7-o‘rindan joy oldi.

Rossiya pasporti egalari amalda Yevropa Ittifoqi, Avstraliya, Kanada, Yaponiya, Yangi Zelandiya, AQSH va Buyuk Britaniyadagi viza muammolari hamda havo hududlarining yopilishi tufayli dunyoning qolgan qismi bilan uzilib qolmoqda. U indeksda 50-o‘rinni egalladi.

Autsayderlar ro‘yxati unchalik o‘zgarmadi — so‘nggi 112-o‘rinni Afg‘oniston egallab turibdi. Uning fuqarolari dunyoning 27 mamlakatga vizasiz kirish huquqiga ega. Shuningdek, reytingning eng quyi pog‘onasidan Iroq, Suriya, Pokiston va Yaman joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

pasport vizasiz sayohat

Baholaganlar

452

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing