O‘zbekiston yirik kinoindustriya markaziga aylanadi

Madaniyat-san’at

image

"O‘zbekkino" Milliy agentligi o‘zining texnologik bazasini keng ko‘lamli qayta jihozlashni boshladi.

Daniya poytaxti Kopengagen shahrida “ O‘zbekkino” milliy agentligi va Daniyaning “Danmon Group” kompaniyasi o‘rtasida "O‘zbekfilm” kinostudiyasi kino uskunalari, texnologik tizimlari va multimedia mahsulotlari bilan jihozlash bo‘yicha yirik loyihani amalga oshirish yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. 

Tomonlar badiiy filmlar, hujjatli filmlar, multiplikatsion filmlar tayyorlash uchun asbob-uskunalarni yetkazib berish masalalarini muhokama qildi.

Loyiha yaqin ikki yil ichida amalga oshiriladi. Kino jihozlarini modernizatsiya qilish bilan bir qatorda, “O‘zbekfilm” kinostudiyasi maydonchasi qayta ta’mirdan chiqariladi. "O‘zbekkino" Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqovga ko‘ra, kompaniyaning texnologik bazasi va uning bo‘limlarini har tomonlama qayta jihozlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga muvofiq amalga oshiriladi.

Loyihada “O‘zbekfilm”ning film yaratish jihozlari va hujjatli filmlar kinostudiyasi, multiplikatsion studiya hamda respublika kino fondining to‘liq yangilanishi ko‘zda tutilgan.

Yangi jihozlar yordamida davlat va xorij arxiv fondlarida saqlanayotgan kinotasmalarni raqamlashtirish va qayta tiklash imkonini qo‘lga kiritiladi.

"CANON, APPLE, VICON va shu kabi boshqa kompaniyalar bizga Markaziy Osiyodagi eng yirik kino ishlab chiqarish bazasini yaratishimizga imkon beradi”, deydi “O‘zbekkino” Milliy agentligi rahbari Firdavs  Abduxoliqov.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekfil'm Firdavs Abduxoliqov

Baholaganlar

8

Reyting

2.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing