“Özbekfilm kino şaharçasi” taşkil qilinadi

Madaniyat-san’at

−

image

“Özbekfilm”ning 10 gektarlik hududida “Özbekfilm kino şaharçasi” taşkil etiladi. Bu haqda bugun, 26 oktyabr kuni Prezidentning “Özbekfilm” kinostudiyasida kinoijodkorlar bilan ötkazayotgan uçraşuvida ma’lum qilindi.

Qayd etilişiça, Prezident kino yaratiş uçun zamonaviy infratuzilma barpo etilişini ma’lum qilgan. “Özbekfilm”ning 10 gektarlik hududida kino xizmatlari jamlangan yagona industrial klaster – “Özbekfilm kino şaharçasi” taşkil etiladi.

“Kino şaharçasi”da zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan Dublyaj va ovozlaştiriş markazi quriladi. Ikki oyda malakali loyiha taşkilotini jalb qilib, şaharçaning master-rejasi va loyiha-smetasi işlab çiqiladi. Quriliş işlari keyingi yilning mart oyidan boşlanadi.

Kino tizimidagi böş turgan davlat aktivlarini oçiq savdoga çiqariş topşirilgan.

Davlat rahbari kinoijodkorlar uçun yana bir taşabbusni ma’lum qilgan. Quyi Çirçiq tumanidagi “Köhinur” sihatgohi töliğiça ularning ixtiyoriga beriladi. Mazkur sihatgoh yaqinda zamonaviy talablar asosida ta’mirlanib, jihozlangan. U yerda kinoijodkorlarning munosib dam olişi uçun şaroit yaratilgan.

Prezident uşbu maskan kinoçilar kuç töplab, yangi-yangi ğoyalar ustida işlaşiga xizmat qiladigan çinakam ijodiy maskanga aylanişini ta’kidlagan.

Bundan taşqari, har yili kino sohasida faoliyat yuritadigan kamida 300 nafar fidoyi xodimga respublikadagi sihatgohlarda dam oliş va davolaniş uçun bepul yöllanma beriladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing