“Özbekfilm” milliy kinokompaniyasi taşkil etiladi
Madaniyat-san’at
−
18:04 749 1 daqiqa
“Özbekfilm”ning taşkiliy va iqtisodiy modeli yangilanadi. Davlat muassasasi tugatilib, zamonaviy biznes modeli asosida işlaydigan yangi “Özbekfilm” milliy kinokompaniyasi taşkil etiladi. Bu haqda bugun, 26 oktyabr kuni Prezidentning “Özbekfilm” kinostudiyasida kinoijodkorlar bilan ötkazayotgan uçraşuvida ma’lum qilindi.
Qayd etilişiça, Prezident yangi kinokompaniya milliy kino brendini yaratiş va zamonaviy kinoindustriyani rivojlantiriş böyiça tayanç markaz hamda boş operator bölişini ta’kidlagan.
“Özbekfilm” milliy kinokompaniyasi film işlab çiqarmaydi. Filmlarni yaratiş töliq xususiy sektorga ötadi. Kompaniya loyihalarni tanlaş va moliyalaştiriş, filmlarni tarğib qiliş, tarqatiş, xalqaro bozorlar va festivallarga olib çiqiş bilan şuğullanadi.
Bu orqali filmni işlab çiqarişdan tomoşabinga yetkazib berişgaça bölgan jarayon yaxlit tizimga birlaşadi. Milliy kinokompaniya faoliyatini bir hafta muddatda yölga qöyiş topşirilgan.
Eslatib ötamiz, uşbu uçraşuvda Kinematografiya agentligi tugatilib, kino sohasida davlat siyosatini yuritiş vakolati Madaniyat vazirligiga ötkazil ma’lum qilingan edi.
Live
Barchasi