Milliy filmlarimiz tomoşabinning didi va talabiga javob bermayapti – Prezident

Madaniyat-san’at

−

image

Özbekistonda tomoşabinlar kinodan, kinoteatrlarga borişdan voz keçgani yöq, faqat uning didi va talabi özgardi. Lekin milliy filmlar bu talablarga javob bermayapti. Bu haqda bugun, 26 oktyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev “Özbekfilm” kinostudiyasida kinoijodkorlar bilan uçraşuvda söz oçdi.

Davlat rahbari bu dargohda özbek milliy kino tarixi, bir neça avlod ijodkorlarining mehnati, xalqning ekranga köçgan orzulari, intilişlari va armonlari mujassam ekanini ta’kidlagan.

“Mahallada duv-duv gap”, “Ötgan kunlar”, “Şum bola”, “Çinor ostidagi duel”, “Suyunçi” kabi filmlarning qahramonlari xalq xotirasida yaqin insonlardek saqlanib qolgan. Ulardagi bir lavha, bir oğiz söz yoki taniş kuy odamlarning bolaligi, bobo-buvilar va qadrdon mahallani gavdalantiradi.

Prezident öz davrida siyosiy va mafkuraviy bosimlar qançalik oğir bölmasin, ijodkorlar ana şunday milliy san’at asarlarini yarata olganini tahsinga sazovor deb baholagan.

“Özbekfilm” yaratgan bu maktab mustaqillik yillarida ham davom ettirilgan. “Abdullajon”, “Otamdan qolgan dalalar”, “Dilxiroj”, “Vatan”, “Ötov” singari xalqqa manzur filmlar yaratilgan.

Prezident yangi davrda yaratilgan tarixiy filmlarga töxtalgan. Ular orasida “Islomxöja”, “Ibrat”, “Avloniy”, “Abdulla Qodiriy”, “Qöqon şamoli”, “Muqimiy”, “Ilhaq”, “Özbek qizi”, “Bahodir Yalangtöş” bor.

Milliy kadrlarning yangi avlodi yetişib çiqqan. Davlat rahbari bunda kinoijodkorlarning munosib hissasi borligini qayd etgan.

“Oltin globus” xalqaro kino mukofoti tarixida Markaziy Osiyo va Kavkaz kinoijodkorlarini taqdirlaş marosimi ilk bor Toşkentda ötkazilgani bildirilgan. Uçraşuvda iştirok etayotgan aktrisa Gulçehra Jamilova “Meridian” mukofotiga sazovor bölgan.

Şu bilan birga, Prezident milliy kino san’atini yangi bosqiçga olib çiqiş borasida oldinda hali köp işlar turganini oçiq aytiş zarurligini ta’kidlagan.

Prezident ijtimoiy tarmoqlar rivojlangani uçun odamlar kinoteatrga bormay qöygani haqidagi fikrlarga töxtalgan. Odamlar xorijiy filmlarni kinozallarni töldirib tomoşa qilayotganini qayd etgan.

“Demak, tomoşabin kinodan, kinoteatrlarga borişdan voz keçgani yöq, faqat uning didi va talabi özgardi. Milliy filmlarimiz ana şu talabga javob beryaptimi? Afsuski, yöq!” deydi davlat rahbari.

Sababi filmlarni işlab çiqarişdan uni tomoşabinga yetkazişgaça bölgan yaxlit zanjir – distributsiya şakllanmagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing