O‘zbekiston “Yil mamlakati” deb topildi

Jamiyat

image

Buyuk Britaniyaning dunyoga mashhur “The Economist” jurnali O‘zbekistonni “Yil mamlakati” deb e’lon qildi. O‘tgan yili Armaniston bu nomga sazovor bo‘lgandi.

Nashrning ta’kidlashicha, bu yil tanlov qilish qiyin bo‘lgan. Mamlakatning yil davomida erishgan demokratik yutuqlari rivojlanish yo‘lidan qaytib qolmasligiga kafolat bermaydi.

Majburiy mehnatning qariyb yo‘q qilinishi, “Jasliq”ning yopilishi, chet el jurnalistlarining ishlashiga ruxsat berilishi, ishbilarmonlarning ishiga aralashmaslik siyosati, chegaralarning ochilishi, chet ellik mutaxassislarning taklif etilishi O‘zbekistonning “Yil mamlakati” deb e’lon qilinishiga sabab bo‘ldi.

Maqolada qayd etilishicha, 2018 yilda Davlat xavfsizlik xizmati rahbarining iste’foga chiqishi bilan birvarakayiga bir qancha islohot jadallashib ketgan.

“O‘zbekiston hali ko‘p ish qilishi kerak, lekin o‘tayotgan yil ulardan ko‘p ildamlagan mamlakat bo‘lgani yo‘q”, deb xulosa qildi “Economist” mualliflari.

Qayd etilishicha, Shimoliy Makedoniya (sobiq Makedoniya), Sudanda ijobiy o‘zgarishlar bo‘lgan. Birinchisi, davlat nomini o‘zgartirib Gretsiya bilan aloqalarni yaxshiladi, ikkinchisi zo‘ravonlikka asoslangan Omar al-Bashir boshqaruvchidan ozod bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

The Economist Yil mamlakati

Baholaganlar

220

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing