AQSH Isroildan yangi yil oldidan G‘azodagi urushni yakunlashni talab qildi

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar Isroilga G‘azo sektoridagi yurishi yangi yil boshlanishidan oldin yakunlanishi kerakligini aytdi. Bu haqda Britaniyaning "The Economist" jurnali nomi oshkor etilmagan bir qancha manbalariga tayanib xabar berdi.

Nashrning yozishicha, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken yaqinda Isroilga tashrifi chog‘ida ham suhbatdoshlariga xuddi shunday xabarni yetkazgan.

Shuningdek, jurnal AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Isroildan Falastin tinch aholi, ayniqsa G‘azo sektori janubidagi azob-uqubatlarni kamaytirish uchun ko‘proq harakat qilishni talab qilayotgani haqida xabar beradi.

"The Economist" nashrining qayd etishicha, Amerika rasmiylari ommaviy bayonotlarida yahudiy davlati HAMAS harakati pozitsiyalariga qarshi hujumni yakunlashi uchun hech qanday muddat ko‘rsatmaydi.

Shu bilan birga, jurnal Isroil armiyasining muvaffaqiyatga erishish ehtimolini past deb baholaydi.

Maqolada ta’kidlanganidek, agar Qo‘shma Shtatlar kelgusi yil boshida G‘azo sektorini bombardimon qilishni to‘xtatishni talab qilsa, Isroil armiyasi katta ehtimol bilan kamroq shiddat bilan bo‘lsada, harbiy kampaniyasini davom ettiradi.

"Bunday vaziyatda HAMAS G‘azo sektorining bir qismini nazorat qilishda davom etadi, Isroil esa o‘zining asosiy maqsadi – 7 oktyabrdagi hujum tashkilotchilarini yo‘q qilishga erisha olmaydi", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh The Economist Jo Bayden HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing