Ana xolos: Arab davlatlari Isroilni yashirincha qo‘llamoqda

Olam

image

HAMASga qarshi shiddatli urushda arab davlatlari Isroilni yashirincha bo‘lsa ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu haqda "Bild" nashri Britaniyaning "The Economist" jurnali va Isroilning "Haaretz" gazetasi tahlillariga tayanib xabar berdi.

Nashrning yozishicha, arab davlatlari ko‘zbo‘yamachilik uchun Isroilning G‘azodagi harakatlarini qoralayotgan bo‘lsa-da, yashirincha Tel-Avivni dastaklashda davom etyapti.

"Arab mamlakatlarining yetakchilari jamoatchilik ko‘z o‘ngida, ularning hissiyotlarini hisobga olib, Isroilni tanqid qilmoqda. Ammo yopiq eshiklar ortida ularning ko‘pchiligi boshqacha "sayrayapti". Jumladan, Fors ko‘rfazi davlatlarining aksariyati Isroilga oxirigacha borish va HAMASni yakson qilishni tavsiya etmoqda. Aslida ular ham HAMASni o‘z kuchlari uchun siyosiy xavf deb hisoblaydi”, deb yozadi Germaniya nashri.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 noyabr kuni Saudiya poytaxti Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan Arab davlatlari ligasi hamda Islom hamkorlik tashkilotining qo‘shma majlisida Isroilni tiyishga qaratilgan takliflarga Saudiya Arabistoni, Misr, BAA, Iordaniya, Bahrayn, Sudan va Jibuti qarshi chiqqani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil The Economist HAMAS Haaretz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing