Putin o‘q uzmasdan dunyo diqqat markazida bo‘la oldi – “The Economist” muqovasini “Kreml xojasi”ga bag‘ishladi

Olam

image

Buyuk Britaniyaning “The Economist” jurnali o‘z muqovasini Rossiyaga bag‘ishladi. Unda RF Prezidenti Vladimir Putin burchakda qolib ketib, Ukrainani qizil rangga bo‘yay olmagani tasvirlangan.

Suratda shunday yozuv bor: “Putinning muvaffaqiyatsiz ishi. Urush bo‘ladimi yoki yo‘qmi, u baribir zarar ko‘rdi”. 

Kecha, 17 fevral kungi sonida e’lon qilingan muqovaga tahririyat quyidagicha yozuvlarni ilova qilgan:

“U burchakda qotib qolgan. U zarba berishi mumkin edi, ammo chekinishni ma’qul ko‘rdi. Keyinroq hujum qiladi. Qo‘shinlar chekinsa ham, bu inqiroz tugamaydi. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, xoh urush bo‘lsin, xoh bo‘lmasin baribir Putin o‘z mamlakatiga zarar yetkazdi”.

Jurnalistlarning ta’kidlashicha, Putin o‘q uzmasdan turib ham butun dunyo diqqat markazida bo‘la oldi. U Rossiya qay darajada ahamiyatli ekanini isbotladi va Ukrainaning kelajagi Kremlning qo‘lida ekanligiga ishonch hosil qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin The Economist

Baholaganlar

451

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing