O‘zbekiston Yevropa investitsiya bankidan 100 mln dollar qarz oladi
Jamiyat
−
24 noyabr 2020
4994O‘zbekiston Yevropa investitsiya bankidan 15 yil muddatga 100 mln AQSH dollari miqdorida kredit oladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Yevropa investitsiya banki ishtirokida “O‘zbekistonda global koronavirus pandemiyasi davrida zarar ko‘rgan kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini favqulodda qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasida keltirilgan.
Loyihada YeIB Direktorlar kengashi “O‘zbekistonda global koronavirus pandemiyasi davrida zarar ko‘rgan kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini favqulodda qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasiga 15 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davri bilan 100,0 mln AQSH dollari kredit liniyasini taqdim etishni ma’qullagani hamda loyihani amalga oshirish davri 3 yil (2020-2022 yillar) etib belgilangani ma’lumot uchun belgilangan.
Loyihaga ko‘ra:
• “O‘zsanoatqurilishbank” ATBga - 30,0 mln AQSH dollari
• “Mikrokreditbank” ATBga - 35,0 mln AQSH dollari
• “Qishloq qurilish bank” ATBga - 35,0 mln AQSH dollari miqdorida global koronavirus pandemiyasi davrida zarar ko‘rgan kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlar investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun revolver shaklida qayta moliyalashtiradi.
Bitta investitsiya loyihasi uchun YeIB mablag‘lari hisobidan kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga beriladigan kreditlarning maksimal qiymati 12,5 mln. yevro ekvivalentiga teng bo‘lgan miqdordan oshirilmaydi hamda YeIB kredit liniyalari bo‘yicha bitta investitsiya loyihasining maksimal qiymati 25,0 mln. yevro ekvivalentidan oshmaydi.
Shuningdek, ishtirok etuvchi tijorat banklariga taqdim etilayotgan YeIB kredit liniyasining kamida 30 foizi YeIB mezonlariga ko‘ra ayollar tadbirkorligini moliyalashtirishga yo‘naltirililadi. Agarda ayollar tadbirkorlik sub’ektlari ajratilgan limitdan foydalanilmagan taqdirda, ishtirok etuvchi tijorat banklarga foydalanilmagan mablag‘larni qayta taqsimlash huquqi beriladi;
Loyiha mablag‘lari hisobidan qarz oluvchilardan qaytariladigan mablag‘lar ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan revolver asosida qayta moliyalash to‘g‘risidagi bitimlar bo‘yicha resurslarni qaytarishni hisobga olgan holda, koronavirus pandemiyasi davrida zarar ko‘rgan kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining investitsiya loyihalarini yanada moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar qoldig‘i doirasida yo‘naltiriladi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15