O‘zbekiston yog‘ eksportini taqiqladi
Jamiyat
−
01 iyun 2022
9251O‘zbekiston Prezidentining “Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta’sirchanligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan quyidagilarni 2022 yil 1 iyundan boshlab O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqish (eksport qilish) vaqtinchalik taqiqlanadi:
• o‘simlik yog‘i, shu jumladan paxta, kungaboqar yog‘i, bundan amaldagi kontraktlar (shartnomalar) doirasida 2022 yil 1 iyunga qadar oldindan to‘lovlar amalga oshirilgan holatlar, shuningdek, O‘zbekiston “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimida qayta ishlanganlari mustasno;
• kungaboqar urug‘lari (TIF TH kodi 1206 00) hamda boshqa yog‘ o‘simliklarining urug‘lari va mevalari (TIF TH kodi 1207), bundan qonunchilikda belgilangan holatlar mustasno.
Vazirlar Mahkamasiga mazkur tovarlarning ichki bozorda yetarli hajmi mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu bandda ko‘rsatilgan tovarlar eksportini qayta tiklash huquqi berildi.
LiveBarchasi