O‘zbekiston yashash uchun arzon davlatlar qatorida

Bu qiziq

image

O‘zbekiston dunyoda yashash uchun eng arzon mamalakatlardan biri deb topildi. Bu haqia Numbeo portaliga joylashtirilgan ma’lumotlardan bilib olish mumkin.

Portalga joylashtirilgan ma’lumotlar “Yashash narxi reytingi” deb nom olgan bo‘lib, unda tuzishda  duyoning 136 ta mamlakatida inson omili aniqlanib, ularning o‘rtacha qiymatini hisoblab chiqilgan. 

Reytingni tuzishda oziq-ovqat narxi, turar joy ijara to‘lovlari, ipoteka to‘lovlari, transport va sug‘urta xarajatlari, restoranlar narxi hamda mahalliy aholining o‘rtacha maoshi, sotib olish imkoniyatlari miqdori hisoblab chiqilgan.

Reyting jadvalida ko‘rsatilgan raqamlar bu – ballardir. Ballar Nyu York shahri yashash indeksiga nisbatan aniqlangan. Ya’ni Nyu Yorkda yashash indeksi – 100 ball, pul qiymatida – 4600 $ deb belgilangan. 

Boshqa davlatlarda ushbu indeks u yerda yashash Nyu Yorkdan qimmat yoki arzonligini bildiradi. Masalan, Shveysariya – 122 ball olgan. Demak ushbu mamlakatda bir kishi yoki oila uchun bir oylik yashash xarajatlari Nyu Yorkdan  22% qimmat, ya’ni - 5612 $ni tashkil qiladi.

O‘zbekiston esa reytingda 25 ball olgan. Demak O‘zbekistonda yashash Nyu Yorkka nisbatan 4 baravar arzon, ya’ni 1150 $.

Numbeo`ga ko‘ra, O‘zbekiston dunyodagi yashash uchun eng arzon bo‘lgan mamlakatlar orasida 6 o‘rinni egallagan. Oldinda faqat Pokiston, Afg‘oniston, Suriya va Hidistonni ko‘rish mumkin.

Qo‘shni Qirg‘izistonda yashash O‘zbekistondan ko‘ra qimmatroq – 28 ball, Qozog‘istonda – 30,  Ukrainada – 30 ball.

O‘rtacha indeksli mamlakatlar – Turkiya (35 ball), Indoneziya (36), Rossiya (38), Polsha (39), Xitoy (40), Eron (41), Litva (45), Chexiya (45). Eng qimmat mamlakatlar esa – Norvegiya (104), Yaponiya (85), Gollandiya (83), Singapur (80), Isroil (79)va Janubiy Koreya (75).


Maqola muallifi

Teglar

Reyting

Baholaganlar

47

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing