O‘zbekiston Yaponiyaga parvozlarni to‘xtatdi
Jamiyat
−
11 may 2021
5150O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar olib borilayotgani sababli Yaponiyaga parvozlar ushbu mamlakatda sanitariya-epidemiologiya holati yaxshilanmaguncha bekor qilindi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, parvozlarni qisman tiklash 2022 yil bahor-yozgi navigatsiya davriga rejalashtirilgan.
“Mamlakatlarda epidemiologik vaziyat barqarorlashganidan so‘ng, O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida muntazam parvozlar davom ettiriladi”, deyiladi xabarda.
Xabarga ko‘ra, 2015 yildan 2019 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida 500 dan ortiq reys amalga oshirilgan va bu davrda yo‘lovchilar soni 72 mingdan ortiq kishini tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, Hindiston va Turkiyaga sayyohlar uchun mo‘ljallangan barcha charter qatnovlarni joriy yil 10 maydan boshlab epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar to‘xtatildi.
Shuningdek, Hindiston va Turkiyadan kirib kelayotgan fuqarolar uy yoki mehmonxona sharoitida karantinda bo‘lishlari yuzasidan tilxat to‘ldirishi majburiy etib belgilandi.
Keyinchalik, kimlarga O‘zbekistondan Hindiston va Turkiyaga borish uchun ruxsat berilishi ma’lum qilindi.
LiveBarchasi