O‘zbekiston yangi GESlar bunyod etishda Ispaniya va AQSH kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida Ispaniyaning “Gruor Cobra” kompaniyaci, AQSHning “General Electric” kompaniyasi va “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlar gidroenergetika inshootlari qurish va modernizatsiyalashda hamkorlik qilish, mavjud salohiyatdan unumli foydalanib, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. Muloqot chog‘ida, xususan, O‘zbekistonda yangi GESlar bunyod etishda mazkur kompaniyalarning yetakchi mutaxassislarini jalb etish ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlash kerakki, “O‘zbekgidroenergo” AJ bu ikkala kompaniya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilayotgani bejiz emas. “General Electric” kompaniyasi sanoat va raqamli texnologiyalar sohasida yetakchiliklar safida bo‘lsa, “Gruor Cobra” kompaniyasi sanoat infratuzilmasini yaratish va uni ekspluatatsiya qilish borasida katta tajribaga ega.

Uchrashuvda xorijiy kompaniyalar konsorsium shaklida “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan rejalashtirilayotgan yangi GESlarni qurish va modernizatsiya qilishga oid istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish istagini bildirdi.

Yakunda tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Mazkur kelishuv mamlakatimizda gidroenergetika sohasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekgidroenergo Gruor Cobra General Electric

Baholaganlar

12

Reyting

2.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing