Otadan qolgan o‘rinni o‘g‘il egalladi. Abdug‘ani Sanginovning o‘g‘li “O‘zbekgidroenergo” AJ raisligiga o‘tirdi

Jamiyat

image

Islom Abdug‘aniyevich Abdurahmonov “O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. 

Qayd etish joiz, Islom Abdurahmonov kompaniyaning sobiq rahbari Abdug‘ani Abdurahmonovich Sanginovning o‘g‘li hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Islom Abdurahmonov 2020 yil may oyida fojia yuz vergan Sardoba suv omborini qurishda qatnashgan kompaniyalardan birining asosiy ulushdori hisoblanadi. Xususan, korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reyestr ma’lumotlariga ko‘ra, To‘palang HPD Holding'ning 61,7 foiz ulush Islom Abdurahmonovga tegishli.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abdug‘ani Abdurahmonovich Sanginov “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi etib tayinlangandi. Abdug‘ani Sanginov 2017 yilning mayida “O‘zbekgidroenergo” kompaniyasi raisi etib tayinlangan. U 2020 yilda Surxondayo viloyatidan Oliy Majlis Senatiga saylangan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekgidroenergo Abdug'ani Sanginov Islom Abdurahmonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing