Sanginov OTB bilan 60 mln dollarlik kelishuvni imzoladi

Jamiyat

image

“O‘zbekgidroenergo” AJ va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida 25 yil muddatga  60,0 mln AQSH dollari miqdorida kredit ajratilishi bo‘yicha zayom kelishuvi imzolandi. Ushbu mablag‘ “Barqaror gidroenergetika” loyihasi doirasida Oqsu daryosida Rabat GES qurilishi, Oqsu daryosida Chappasuy GES qurilishi va Oqdaryo-Oqsu daryosida Tamshush GES qurilishi loyihalarini moliyalashtirish uchun sarflanadi. Bu haqda “O‘zbekgidroenergo” AJ Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Hamkorlik doirasida “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov va Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi  rahbari Sintiya Malvicheni o‘rtasida loyiha kelishuvlari imzolangan.

Qayd etilishicha, mazkur GESlar qurilishiga jalb etilgan kredit mablag‘lari loyihalar doirasida Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida tender savdolari asosida tanlab olingan bosh pudratchi moliyalashtiriladi.

Xabarda ma’lum qilinishicha, Oqsu daryosida Rabat GES qurilishi, Oqsu daryosida Chappasuy GES qurilishi va Oqdaryo-Oqsu daryosida Tamshush GES qurilishi investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanuvi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 iyuldagi “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3857-son qarorida belgilangan tartibda O‘zbekiston  Respublikasi Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgan.

“Umumiy qiymati 60,0 mln AQSH dollariga teng Oqsu daryosida Rabat GES qurilishi, Oqsu daryosida Chappasuy GES qurilishi va Oqdaryo-Oqsu daryosida Tamshush GES qurilishi investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asosnomasiga muvofiq,  qurilish va montaj ishlari  uchun jalb qilinayotgan kreditning 21,6 mln AQSH dollari, mashina va uskunalari uchun  23,6  mln AQSH dollariga teng qismidan foydalaniladi. Kreditning qolgan mablag‘lari loyihani boshqarish va salohiyatini oshirish, loyiha oldi xarajatlari hamda yuqori kuchlanish tarmog‘i uchun foydalaniladi”, deyiladi rasmiy axborotda.

Ushbu yangi GESlarni 2022 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Yangi GESlarning umumiy o‘rnatilgan quvvati 24 MVtni tashkil etadi: Rabat GES – 6,2 MVt, Chappasuy GES–7,5 MVt, Tamshush GES–10,3 MVt.

Mazkur loyihalarni amalga oshirilishi natijasida  97.5 mln kVt/soat arzon va ekologik sof elektroenergiya ishlab chiqarilishi hamda yangi GESlarda 40 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratish, mamlakat energetika balansida gidroenergetika ulushining o‘sishi va yoqilg‘i resurslarini tejash, tobora oshib borayotgan elektroenergiyaga  bo‘lgan talabni qondirish imkonini berishi urg‘ulanmoqda. 

Xabarda aytilishicha, “O‘zbekgidroenergo” AJ joriy yilda “loyihalar fabrikasi” bo‘yicha dastlabki umumiy qiymati 1,57 mlrd dollarga teng, quvvati 907,5 MVt bo‘lgan 23 ta investitsiya loyihasini tayyorlanmoqda. Shundan qiymati 1,37 mlrd dollarlik 14 ta loyiha doirasida 637,25 MVt yangi quvvatlar yaratiladi va qiymati 190 mln dollarlik 9 ta loyiha doirasida 270,3 MVt quvvatlar modernizatsiya qilinadi.   

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning o‘tgan 7 oyi davomida, umumiy quvvati 22,4 MVt bo‘lgan Shahrixon GESlar kaskadi Janubiy Farg‘ona kanali GES-2 va Qodiriya GESlar kaskadi GES-3 ning modernizatsiyasi loyihalarini yakunlab foydalanishga topshirilgan. 

Jamiyat yil yakuniga qadar quvvati 95,9 MVt ga teng qo‘shimcha 4 ta loyihani, ya’ni Qamchiq GES va  Zarchob kichik GESlar kaskadi GES- 1 qurilishi hamda Toshkent GESlar kaskadi GES-9 va Quyi-Bo‘zsuv GESlar kaskadi GES-14  modernizatsiyasini yakunlashga qaratilgan ishlar amalga oshirilayotganini ma’lum qilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo taraqqiyot banki O'zbekgidroenergo Abdug'ani Sanginov

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing