O‘zbekiston yana bir davlat fuqarolarini Afg‘onistondan evakuatsiya qilishga yordam beradi
Jamiyat
−
19 avgust 2021
13049Bugun, 19 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Shveysariya Konfederatsiyasi Tashqi ishlar federal maslahatchisi (vaziri) Ignatsio Kassis o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tashqi siyosiy idoralar rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Shuningdek, suhbat chog‘ida Shveysariya fuqarolarini O‘zbekiston hududi orqali Afg‘onistondan evakuatsiya qilish bilan bog‘liq tashkiliy va texnik masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya Afg‘onistondan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilishda Toshkent aeroportidan tranzit yo‘lak sifatida foydalanmoqda. Bugungacha yuzlab germaniyaliklar, Yevropaning boshqa davlatlari fuqarolari va afg‘onlar evakuatsiya qilindi.